Tezkor aloqa: Telegram WhatsApp +998 50 404 22 08 Har kuni 09:00–21:00
Loyihalar

Istirohat bog'i uchun CRM va ERP tizimi

Web ilova, mobil ilova, QR chiptalar, hisobotlar

Toshkentdagi istirohat bog'i uchun ichki tizim — navbatlarni qisqartirish va egasiga qo'lda yozilgan daftar o'rniga aniq raqam berish uchun qurilgan. Qurilgani: kassirlar uchun tez ishlaydigan web ish o'rni — kassir attraksion turi va mijozlar sonini tanlaydi, tizim QR kodli chiptani avtomatik chop etadi; bonusli va aksiyali chiptalar; har bir kassir o'z kunlik savdosini real vaqtda ko'radi; attraksion operatorlari uchun alohida mobil ilova; hamda egasi daromadni attraksion, kassir va kun kesimida ko'radigan hisobot qismi.