Tezkor aloqa: Telegram WhatsApp +998 50 404 22 08 Har kuni 09:00–21:00
Loyihalar
Sonar — buxgalter yordamchisi: qog'ozdan Excel faylga, 1C dan hisobot ">

Sonar — buxgalter yordamchisi: qog'ozdan Excel faylga, 1C dan hisobot

PHP, MySQL, Telegram Bot API, C# (.NET, Avalonia), 1C integratsiyasi

Buxgalterlar va kichik biznes uchun Telegram bot hamda Windows dasturi. Qurilgani: bot qog'ozdagi jadvalning rasmi yoki PDF faylini Excel yoki Word ga aylantiradi, jami summani hujjatdagisi bilan solishtiradi va taxmin qilmaydi — o'qib bo'lmagan katak qizil so'roq belgisi bilan belgilanadi; natijani mijozning o'z Excel yoki Word shabloniga to'ldirib beradi, 1C uchun CSV chiqaradi. Windows dasturi 1C ga ulanadi: kassa, bank, ombor, savdo, soliq va ish haqi bo'yicha hisobotlar Excel, Word yoki PDF da, minus qoldiq kabi xatolarni avtomatik tekshirish, Markaziy bank kurslari, muddat eslatmalari va Telegramga kunlik xulosa. Buxgalter o'zgarishni ko'rib tasdiqlamaguncha 1C ga hech narsa yozilmaydi. Pullik tariflar va admin panel.
Saytni ochish → Telegram bot