Tayor Biznes Bot — kichik biznes uchun tayyor Telegram do'kon
PHP, SQLite, Telegram Bot API, Telegram Mini App
Sotuvchi dasturchi yollamasdan o'z Telegram botida do'kon ochadigan platforma.
Qurilgani: soha bo'yicha yettita tayyor shablon — kiyim, restoran, xo'jalik mollari, go'zallik, elektronika, xizmatlar va universal. Egasi o'z botini ulaydi va ikkisidan birini tanlaydi: katalog, savat, sevimlilar va qidiruvi bor Mini App do'kon yoki tugmali oddiy bot. Har bir do'konning Telegramsiz ham ochiladigan web sahifasi bor, yangi buyurtma egasiga Telegramda keladi, web admin eng ko'p sotilgan mahsulotlar, tugab borayotgan qoldiq, mijozlar va kunlik tushumni ko'rsatadi. Sinab ko'rish uchun namunaviy do'konlar, bepuldan Pro gacha tariflar; bot o'zbek, rus va ingliz tillarida ishlaydi.