Tezkor aloqa: Telegram WhatsApp +998 50 404 22 08 Har kuni 09:00–21:00
Loyihalar
BarberGo — sartaroshxonaga navbatsiz yozilish ">

BarberGo — sartaroshxonaga navbatsiz yozilish

PHP, MySQL, REST API, Kotlin (Jetpack Compose), SwiftUI

Mijoz sartarosh, xizmat va bo'sh vaqtni tanlab yoziladi — qo'ng'iroq ham, navbat kutish ham kerak emas. Qurilgani: sayt va REST API, iOS va Android uchun nativ ilova — kirishda "mijoz" yoki "sartarosh" tanlanadi. Mijoz sartaroshlarni ishlarining rasmlari bilan ko'radi, bo'sh vaqtga yoziladi, bir bosishda o'sha sartaroshga qayta yoziladi va baho qoldiradi; tizim bitta vaqtga ikki kishini yozdirmaydi. Sartarosh kunlik jadvali va daromadini ko'radi, so'rovni qabul qiladi yoki rad etadi, xizmat va narxlarni, ish vaqtini va portfolio rasmlarini o'zi boshqaradi. Har bir sartaroshning ilovasiz ochiladigan yozilish sahifasi, Telegram Mini App va admin panel ham bor.
Saytni ochish →