Game Go — kompyuter klubidan bo'sh joy topish
PHP, MySQL, Kotlin (Jetpack Compose), SwiftUI, OpenStreetMap
O'yinchi uydan chiqmasdan eng yaqin game club, uning narxi, kompyuterlar quvvati va VIP zalini bilib oladi.
Qurilgani: sayt, admin panel, klub egasi paneli hamda iOS va Android uchun nativ ilova. Klublar masofa, narx yoki reyting bo'yicha saralanadi; klub sahifasida videokarta va monitor, zallar (standart, VIP, PlayStation, bootcamp) va ularning narxi, o'yinlar, sharhlar va rasmlar. Xaritada eng yaqin klub va unga yo'l, Yandex Navigator yoki Google Maps ga o'tish. CS2, Dota, FIFA hamda futbol va voleybol turnirlariga jamoa bo'lib yozilish, o'yinchilar o'rtasidagi bozor (akkaunt, skin, kalit) va PUBG UC, Free Fire, Robux kabi o'yin donati katalogi. Klub egasi band joylar, narx va ma'lumotlarni o'zi yangilab turadi.