Yanchar — kolbasa ishlab chiqaruvchi uchun buyurtma va hisob tizimi
PHP, SQLite, Telegram Bot API, Telegram Mini App
Ulgurji mijozlar "bugun nima chiqdi?", "astatkam qancha?" deb zavodga qo'ng'iroq qilib o'tirmasligi uchun qurilgan tizim.
Qurilgani: Telegram bot va Mini App — mijoz katalogdan buyurtma beradi (kilogramm kasr bilan, tezkor miqdor tugmalari, yetkazish kuni), buyurtma holatini kuzatadi, har bir nakladnoy, qaytarish, to'lov va joriy qoldiqni ko'radi, istalgan davr uchun akt-sverka oladi. Zavod admin panelda ishlaydi: buyurtmani tasdiqlaydi, ertaga nima tayyorlash kerakligi jamlanmasini oladi, nakladnoy kiritadi, to'lovlarni yozadi, har bir mijozga alohida narx belgilaydi va hammaga yoki faqat qarzdorlarga xabar yuboradi. Yuk chiqishi bilan mijozga Telegramda nakladnoy va yangi qoldiq keladi. Mijoz qismi o'zbek va rus tillarida.