Tezkor aloqa: Telegram WhatsApp +998 50 404 22 08 Har kuni 09:00–21:00
Loyihalar

Vodiy yo'li avtostansiyasi — taksi stoyankasi uchun dispetcher

PHP 8.3, MariaDB, Telegram Bot API, Click, Payme

Toshkent (Qo'yliq) — vodiy yo'nalishidagi taksi stoyankasi uchun Telegram dispetcher: buyurtma haydovchilar guruhida talashib olinmaydi, stoyanka navbati bo'yicha beriladi. Qurilgani: yo'lovchi va haydovchi uchun ikkita bot, bitta baza. Yo'lovchi yo'nalish, manzil va o'rin sonini tanlaydi; buyurtma navbatdagi haydovchiga 60 soniyalik taklif bo'lib boradi, javob bo'lmasa keyingisiga o'tadi. Haydovchilar guruhida har bir buyurtma o'zi yangilanib turadigan bitta xabar, mijozning telefon raqami guruhga chiqmaydi; yo'lovchilar guruhiga yozilgan oddiy matndan ("Andijondan Toshkentga 2 kishi") buyurtma tuziladi. Haydovchi hamyoni va obunasi — Click va Payme orqali. Web panel: haydovchilarni tasdiqlash, jonli navbat, statistika, yo'nalish va tariflar, to'lovlar, xarajatlar. GitHub orqali avtomatik deploy, kunlik zaxira nusxa va har 15 daqiqada holat tekshiruvi.